TOSHKENT, 21 okt - Sputnik. Oʻzbekiston Vazirlar mahkamasi qabul qilgan qaroriga muvofiq, Uzbekistan Airways AJ vakolatxonalarining chet elda ochilgan hisoblarini kelgusida tartibga solish nazarda tutilgan, xabar qiladi Adliya vazirligi.
Hujjatga koʻra, 2020 yil 1 yanvardan Uzbekistan Airways AJ xorijdagi vakolatxonalarining butun kirim mablagʻlari (vakolatxonaning faoliyati bilan bogʻliq harajatlar bundan mustasno) majburiy ravishda Oʻzbekistonning tijorat banklari hisoblariga kelib tushadi.
Qolaversa, milliy aviatashuvchi vakolatxonalarining faoliyatida qoʻllaniladigan harajatlar Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.