TOSHKENT, 21 okt – Sputnik. “Toshkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi yangi koʻchalarga qanday nom berilishi maʼlum boʻldi.
Bu haqda Toshkent shahar hokimligi qarori loyihasi tayyorlandi.
Loyihada 6 ta nomsiz koʻchaga quyidagi nomlar berish taklif etilgan: “Yangi Toshkent” koʻchasi, Yangi Toshkent tor koʻchasi, “Oʻqchi” koʻchasi, “Zargar” koʻchasi, “Xadra” koʻchasi, “Xadra” tor koʻchasi.
Toshkent City hududi 6 lotga ajratilgan, birinchi va ikkinchida savdo markazi, ofislar va koʻngilochar majmualar quriladi.
Uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi lotda 2,1 ming xonadondan iborat boʻlgan 28 - qavatli uylar barpo qilinadi. Oltinchi lotda - bogʻcha va maktab qurish rejalashtirilgan.