Jamiyat

MIB boʻlim boshligʻi: xodimlarimizga tajovuz qilganlar qatʼiy jazoga tortiladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNachalnik otdela BPI Mirabadskogo rayona Tashkenta Igor Li
Nachalnik otdela BPI Mirabadskogo rayona Tashkenta Igor Li - Sputnik Oʻzbekiston
Majburiy ijro byurosi Mirobod tumani boʻlimi boshligʻi Igor Li tashkilotning erishgan yutuqlari haqida gapirdi va endilikda fuqarolar qarzdorlik masalasida ancha masʼuliyatli boʻla boshlaganliklarini qayd etdi

Majburiy ijro byurosi ikki yarim yilga yaqin vaqtdan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Igor Lining soʻzlariga koʻra, mahalliy va respublika darajalarida qarz toʻlamaydiganlar soni sezilarli kamaygan, fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasi sezilarli oshgan.

Kulak - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Yana bir MIB xodimi doʻpposlandi

"Biz aholi bilan muntazam ravishda tushuntirish ishlarini olib boramiz, qolaversa, matbuot orqali ham fuqarolarimizga murojaat qilamiz, maqsadimiz aholiga biz qanday tashkilot ekanligimizni, maqsad va vazifalarimiz nimalardan iboratligini yetqazish. Hozirda qarzlarini toʻlashdan bosh tortadiganlar soni sezilarli kamaydi. Toʻgʻri, turli moliyaviy yoki boshqa sharoitlar tufayli qarzlarini vaqtida toʻlay olmayotgan qatlam bor, lekin biz ular bilan ishlayapmiz, va umuman olganda ular oʻz qarzlarini toʻlashdan bosh tortayotganlari yoʻq. Shu bilan birga, ashaddiy qarz toʻlamaydigan shaxslar ham bor, ularga tegishli choralar qoʻllanilib kelinmoqda", - deb taʼkidladi Mirobod tumani MIB boʻlimi boshligʻi.

U shuningdek, byuro xodimlariga qarshilik koʻrsatish yoki ularga tajovuz qilish holatlari ancha kamaygani, biroq alohida hodisalar hamon oz boʻlsa-da uchrab turganini qoʻshimcha qildi.

"Biz noqonuniy harakatlarga qatʼiy barham beramiz va qonunga amal qilmaydiganlarga nisbatan choralar qoʻllaymiz. Odamlar MIB inspektori davlat tomonidan vazifalarni bajarish uchun tayinlangan inson ekanligini, demakki unga shunga yarasha munosabatda boʻlish kerakligini anglashlari lozim", — deb qayd etdi Igor Li.

Umuman olganda, Lining taʼkidlashicha, hozirda qarzlarni yioʻish va fuqarolar masʼuliyati borasida pozitiv dinamika kuzatilmoqda. Uning fikricha, odamlar MIB tufayli byudjet, boshqa insonlar yoki sud instantsiyalari oldida oʻz majburiyatlarini bajarmasalar jazo muqarrar ekanligini koʻproq anglay boshladilar.

MIB xodimining toʻliq izohini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Nachalnik otdela BPI: napadeniya na sotrudnikov budut karatsya jestko
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala