Migratsiya

Mavjud tizim migrantlar xavfsizligini taʼminlay olmayapti

© Sputnik / Aleksandr NatruskinYuriy Moskovskiy
Yuriy Moskovskiy - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada xavfsizlikni taʼminlash uchun kompleks choralar talab qilinadi. Ayni vaqtda, bu choralar migrantlarning mamlakatda bafurja yashashiga halaqit qilmasligi kerak.

TOSHKENT, 24 okt - Sputnik. Moskva hukumati huzuridagi Millatlar ishlari boʻyicha kengashining migratsiya komissiyasi raisi Yuriy Moskovskiy Sputnik bilan suhbatida RFning amaldagi mehnat qonunchiligida muayyan oʻzgartishlarga zaruriyat borligini aytib oʻtdi.

Rossiyada xorijliklarning oʻz uylarida chetdan kelgan shaxslarni roʻyxatga qoʻyishiga ruxsat berilishi mumkin. Hozirda tegishli oʻzgartishlarni Rossiya vazirlar mahkamasi huzuridagi Hukumat komissiyasi koʻrib chiqmoqda. Qonun loyihasi qabul qilinsa, RFda turar-joy sotib olgan xorijiy fuqaro oʻz yashash hududida yaqinlarini roʻyxatdan oʻtkazishi mumkin boʻladi.

Rossiya Moliya vazirligi migrantlar uchun syurpriz tayyorlamoqda

Ekspert qayd etishicha, Rossiyada oʻziga uy-joy sotib olishga imkoniyati bor xorijliklar u qadar ham koʻp emas. Koʻpincha ular umuman roʻyxatsiz yashaydi.

Prezident RF V. Putin provel soveщaniye po voprosam obespecheniya texnicheskogo pereosnaщeniya Voorujennыx sil - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Putin migrantlar uchun Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtirdi

Aynan shuning uchun ham xorijliklarning roʻyxatga olinishida mavjud tizim toʻgʻirlanib, unga aniq sharh berilishi talab qilinadi. Chunki huquqni muhofaza qiluvchi organlar qonunni ikki yoqlama talqin qilishi kuzatilmoqda. Migrantlarning roʻyxatga turgan manzillari va yashash joylari bilan bogʻliq holatlarda qator tushunmovchiliklar bor. Ham mahalliy va ham chet el fuqarolarining koʻpincha oʻrinsiz turli sanktsiyalarga tortilishini kuzatish mumkin. Bunda, albatta, IIV tomonidan chet ellikning roʻyxatda turishi tizimiga aniqlik kiritishi talab qilinadi. 

“Joriy tizim muhojirlarning xavfsizligi uchun hech qanday real asoslarni hosil qilmaydi. Fikrimcha, ilgarigi meʼyorni qayta joriy etishga ehtiyoj mavjud, bunda xorijliklarni ish joylari boʻyicha roʻyxatga olish, xavfsizlikni kuchaytirish uchun esa mamlakatdagi barcha muhojirlarni ommaviy daktiloskopiyadan oʻtkazish talab qilinadi”, - deydi ekspert.

Sankt-Peterburgda ommaviy reyddan soʻng yuzlab migrantlar qoʻlga olindi

Rossiyada hozir xavfsizlikni taʼminlash uchun kompleks choralar koʻrilishi talab etiladi, ayni vaqtda, ular kishilarning mamlakatda bafurja yashashlariga halaqit qilmasligi kerak.

Ekspert o novыx pravilax registratsii migrantov v RF: nujen sistemnыy podxod
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala