Jamiyat

Mariya Butina: amerika qamogʻi - bu doʻzax

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka oʻtishMariya Butina
Mariya Butina - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiyalik Mariya Butina amerika qamogʻida 18 oyni oʻtkazdi. Yigirma oltinchi oktyabr kuni Butina vatanga qaytdi.

TOSHKENT, 26 okt - Sputnik. Qamoqdaligida boshidan nelar kechgani, kelajakka qanday rejalar qurayotgani haqida Butina Sputnik va RT agentligiga bergan intervyuda soʻzladi.

Golub u fontana.  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
TSRU shpionaj uchun tayyorlangan kabutar va mushuklar toʻgʻrisidagi hujjatlarni oshkor qildi

Mariya Butinaning soʻzlariga koʻra, uning butun hayoti ikkiga boʻlingan.

"Shunday tasavvur uygʻonmoqdaki, goʻyoki mening butun hayotim ikkiga boʻlingan. Boshimdan kechirganlarim barchasi roʻyo, men bilan sodir boʻlgan, lekin tasavvurimda goʻyo baribir men bilan boʻlmagandek. Fikrimcha, meni hibsga olishganlarida aynan shu narsa meni qutqardi. Xayolimda endi hayot yoʻlim faqat ijobiy tomonga oʻzgaradi. Xuddiki Jannat tomon. Hammasi koʻngildagidek", – dedi Butina.

Rossiyalik ayol shuningdek, amerika turmasidagi ish faoliyati haqida ham soʻzlagan.

"Har bir oy uchun 28 dollar 80 tsentdan ishladim. Shu bois, amerika qamogʻini jannatga qiyoslaguvchilarga aytmoqchimanki, bu unday emas. Amerika qamogʻi - doʻzax. Bu qullik, chunki siz ishlashdan voz kecholmaysiz. Agar ishlashdan bosh tortsangiz, sizni izolyatorga yuborishadi. Shu bois, aytmoqchimanki, Amerikada qullik mavjud", – deb qayd etdi Mariya Butina.

Mariya AQShdagi qamoqxonadan oʻzi bilan sanoqli narsalarnigina olgan - kitoblarni va ozroq yongʻoqlarni.

"Oʻzim bilan bir nechta kitoblar va ozroq yongʻoqlarni oldim, nega deganda meni ovqatlantirishadimi-yoʻqmi, bexabar edim. Va men haq boʻlib chiqdim. Faqat samolyotga chiqqandan keyingina birinchi marta normal ovqatlantirishdi. Davlatga u maxbuslarga qanday munosabatda boʻlishiga qarab baho bersa boʻladi. Amerika hatto oʻz maxbuslariga yomon munosabatda boʻladi. Begonalar haqida nima deyish mumkin? Yanayam yomonroq", – deya fikrlari bilan oʻrtoqlashdi Mariya Butina.

Jiteli Pxenyana vo vremya minutы molchaniya u pamyatnika Kim Ir Senu i Kim Chen Iru v den otmechaniya 25-letiya so dnya smerti Kim IM Sena - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Vatan xoinining oʻgʻli. KXDRdan kim va nima sababdan boshpana soʻraydi

Butina shuningdek, uni uyida kutib olish uchun qanday tayyorgarlik koʻrilayotgani haqida ham gapirib oʻtdi.

"Onam uchrashuvga tayyorgarlik koʻrishni ancha oldin boshlab yuborgan, mendan muntazam menyu boʻyicha nimalarnidir aniqlashtirardi. Men, sizlarga rostini aytaman, onamni bunday suhbatlarda qoʻllab-quvvatlashga harakat qilardim. Aslida, haqiqatda mening nima tanovvul qilishim, nima kiyishim muhim emas. Lekin, meni nazarimda, bizning mana shu rejalarimiz men uchun ham, onam uchun ham muhim edi. Ona uchun qizi albatta qaytishini bilish, juda muhim. Bu yerdagi tayyorgarliklar esa men uchun psixologik nuqtai-nazardan muhim edi. Men shunday kun kelishini bilardim, lekin bu haqda oʻylashga qoʻrqardim, negaki meni shunchalar koʻp aldashdi. Birinchi marta, meni yolgʻiz ushlab turish uchun hech qanday asos yoʻqligi uchun badal evaziga qoʻyib yuborishlari oydin boʻlgan bir vaqtda, men aldandim. Keyin - hukm chiqarilgan vaqtda qoʻshimcha muddat berilganida yana aldandim…", – deb taʼkidlaydi Mariya Butina.

Mariyaning soʻzlariga koʻra, u oxirgi daqiqagacha oʻzining qamoqdan qoʻyib yuborilishiga ishonmagan. "Samolyot osmonga koʻtarilmaguniga qadar, meni ozod etishganiga ishonmadim", – deb hikoya qiladi qiz.

Butina shuningdek, vatanda endi nima bilan shugʻullanishi mumkinligi xususida ham hozircha oʻylamaslikka qaror qilganini tan oldi.

Moskovskiy Kreml - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Rossiyani jahonda nega yaxshi koʻrmaydilar

"Buyogʻi taqdir hukmiga havola. Bugungi kunimni rejalashtirish men uchun qiyin, negaki xayollarimni bir joyga toʻplashim, ozroq uxlab olishim kerak, shekilli. Men hozirgacha qattiq zoʻriqish holatida ekanligimni tushunaman. Adrenalin, vaziyatning oʻzgarishi. Bir qarashdan unchalik uylashni xohlamayotgandekman, lekin organizm baribir ustun kelsa kerak. Ota-onam yonida boʻlaman. Hozir ham, meni hibsga olishganida ham, miyamda bir xayol charx urardi: ular qay ahvolda ekan. Men qanchalik dahshatli kunlarni boshdan kechirmayin, bir kishilik kameradami yoki boshqa joyda, ota-onam mendan ham koʻra dahshatni his qilishganini tushunaman. Ularga qizlari hibsga olinganini yangiliklardan xabar topish juda ogʻir boʻlgandir. Men ular uchun hammadan koʻp qaygʻurdim... Uyimga qaytayotganimdan juda xursandman. Bir-ikki kun (Moskvada boʻlaman – tahr.) – va Barnauga yoʻl olaman", – dedi Butina.

Rossiyalik Mariya Butina AQShda 2018 yilning iyulida qoʻlga olingan va mamlakatda roʻyxatdan oʻtmagan chet ellik agent sifatidagi faoliyati va amerikalik rasmiy shaxslar bilan "til biriktirishga" uringanligi uchun 18 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. U tergov bilan kelishuvga bordi va oʻzini aybdor deb tan oldi, aks holda uni koʻp yillik qamoq jazosi kutar edi.

Yangiliklar lentasi
0