Iqtisod

Mirziyoyev "ProgressGorTex"ni "Oʻzbekkoʻmir"ni rivojlantirish rejasidan oʻchirdi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchintsev / Fotobankka oʻtishDobыcha uglya na Apsatskom ugolnom mestorojdenii v Zabaykalskom kraye
Dobыcha uglya na Apsatskom ugolnom mestorojdenii v Zabaykalskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston
Kompaniya nomi qarordan olib tashlangan. Endi hujjatda "ishonchli boshqaruvchi" degan nom kiritilgan. Tasdiqlangan "yoʻl xaritasi" ham oʻz kuchini yoʻqotgan.

TOSHKENT, 26 okt - Sputnik. "Oʻzbekkoʻmir" kompaniyasini rivojlantirish rejalari oʻzgardi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasi saytida eʼlon qilingan prezident qarorida aytib oʻtilgan.

Dobыcha uglya - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
"Oʻzbekkoʻmir" 2022 yilga qadar sohaga $585,3 mln sarmoya kiritadi

Rossiya kompaniyasi hisoblanmish "ProgressGorTex" MCHJ "Oʻzbekkoʻmir"ni rivojlantirish boʻyicha "Yoʻl xaritasi"ga qoʻshilgan edi.

"ProgressGorTex" MCHJ "Oʻzbekkoʻmir" AJ ustav kapitalidagi 45 % aktsiyalari paketining ishonchli boshqaruvchisi sifatida jalb etilishi rejalashtirilgan edi.

Oʻzbekiston rahbarining 24 oktyabrdagi qarori bilan 2019 yil 7 martdagi "Oʻzbekkoʻmir" aktsiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi prezident qarorining ishonchli boshqaruv bilan bogʻliq barcha qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan, deb topildi.

Kompaniya nomi qarordan olib tashlangan. Endi hujjatda "ishonchli boshqaruvchi" degan nom kiritilgan. Tasdiqlangan "yoʻl xaritasi" ham oʻz kuchini yoʻqotgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala