Qarshida o‘quvchi uyatsiz videolar tufayli tanbehdan so‘ng o‘z joniga qasd qildi

© Foto : pixabay.comMobilniy telefon
Mobilniy telefon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aniqlanishicha, 15 yoshli o‘quvchining mobil telefonida uyatsiz videolar yozilganligi sababli sinf rahbari onasini maktabga chaqirtirgan. Onasi maktabga kelib, o‘g‘liga tanbeh qilgan. Shundan so‘ng o‘quvchi o‘zini kanalga tashlagan.

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Qashqadaryoda 15 yoshli o‘quvchining jasadi kanaldan topildi” mavzusidagi xabarlar yuzasidan bayonot berdi.

Xabarda yozilishicha, 19-oktabr kuni Qarshi tumani, “Xoniyon” MFY, Yuksalish ko‘chasida yashagan voyaga yetmagan R.A. (2004 y.t., 7-sonli maktab o‘quvchisi) Qarshi Bosh kanalining Dasht qishlog‘idan oqib o‘tuvchi qismidagi ko‘prikdan suvga sakrab, o‘z joniga qasd qilgan.

Mobilniy telefon v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Axloqsiz video: Toshkentdagi 15 yoshli qiz o‘limining so‘nggi tafsilotlari

Holat yuzasidan ishga aloqador 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori va ishchi-xodimlaridan hamda o‘quvchilardan tushuntirishlar olingan.

Aniqlanishicha, o‘quvchi R.A.ning mobil telefonida uyatsiz videolar yozilganligi sababli sinf rahbari tomonidan onasi maktabga chaqirtirilgan. Onasi maktabga kelib, o‘g‘liga tanbeh qilganidan so‘ng, R.A. maktabdan yugurib chiqib ketib, kanal tomonga ketganligi, sinfdoshlari esa uning orqasidan borishganligi va R.A.ni uzoqdan o‘zini kanalga tashlaganini ko‘rishgan.

Ushbu kuni voyaga yetmagan R.A.ni hech kim urib haqorat qilganligi holati aniqlanmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshirish davomida Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Qarshi tumani IIB, voyaga yetmaganlar bo‘yicha idoralararo komissiya va fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Yangiliklar lentasi
0