Dunyoda

Pomir xavf ostida: BMT dunyo muzliklari tez erishidan xavotirga tushdi

© Sputnik / Ratushenko / Fotobankka oʻtishSarezskoye ozero na Pamire
Sarezskoye ozero na Pamire - Sputnik Oʻzbekiston
Global isish dunyoning eng baland togʻ choʻqqilaridagi muzliklarning tez erishiga olib keladi. Pomir togʻlari ham xavf ostida qolmoqda.

TOSHKENT, 29 okt – Sputnik. Jenevada baland togʻli hududlarga bagʻishlangan Butunjahon meteorologik tashkilotining sammiti boshlandi, deb xabar qildi BMT.

Sarezskoye ozero v gorax Pamira. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Saryoz koʻlidan suv toshqinini oldini olish maqsadida 3,5 million dollar ajratildi

Yigʻilishda dunyoning turli mamlakatlaridan 150 dan ortiq vakil qatnashmoqda. Unda iqlim oʻzgarishi togʻli hududda istiqomat qiluvchilarga taʼsiri, toza suv tanqisligini muhokama qilish rejalashtirilgan.

“Iqlim oʻzgarishining eng koʻzga koʻringan belgilari - muzliklarni erishi, muz va qor qatlamining kamayishidir. Soʻnggi yigirma yilda eng yirik 31 dona muzlik erishi tezlashdi”, - deb taʼkidladi tashkilot bosh kotibi Petteri Talas.

Aynan muzliklar insoniyat uchun toza suvning muhim manbai boʻlib xizmat qilishi tufayli, odamlar hayot darajasi, qishloq xoʻjaligi, sanoat va transportning rivojlanishi koʻplab yirik daryolarning holatiga bogʻliq.

Togʻli hududlar Yer yuzining toʻrtdan birini egallaydi. Statistikaga koʻra, u yerda 1,1 milliardga yaqin aholi yashaydi.

Bunday hududlar “dunyo suv minoralari” deb nomlanadi, chunki ular togʻlarda joylashgan boʻlib, daryo havzalarining yuqori qismida insoniyatning yarmidan koʻpini toza suv bilan taʼminlaydi.

BMT ekspertlari taʼkidlashicha, global isish togʻ kiosferasiga salbiy taʼsiri davom etmoqda. Bugungi kunda iqlim anomaliyalari Everest, Montblan va Kilimanjaroda koʻrinmoqda. Bunday tendentsiya toza suv bilan bogʻliq qiyinchiliklarga va oziq-ovqat taʼminoti barqarorligiga xavf soladi.

Gornыy peyzaj v rayone Sarezskogo ozera - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Saryoz koʻlidan suv toshish xavfi yoʻq – Tojikiston FVQ

Mutaxassislar muammo nafaqat baland togʻli hudud aholisiga, balki quyi oqimning past qismida yashovchilarga ham taʼsir qilishi haqida ogohlantirmoqda.

Taʼkidlanishicha, issiqxona gazlari chiqarilishi bilan, hatto Yevropa, Sharqiy Afrika va Indoneziyadagi kichik muzliklar ham 2100 yilga kelib bugungi massaning 80 foizidan koʻpini yoʻqotadi.

Bundan avval Yevropa Kengashi raisi Donald Tusk togʻli Badaxshon avtonom viloyatidagi Saryoz koʻliga tashrif buyurgandi. U besh dona muzlik allaqachon yoʻq boʻlib ketgani, suv sathi koʻtarilganini taʼkidlagan edi.

Tusk iqlim oʻzgarishi – Tojikiston Yevropa ittifoqi bilan birgalikda kurashishi zarur boʻlgan global masala ekanligini taʼkidlagandi.

Bundan tashqari, Tojikiston hukumati ham muammoga eʼtibor qaratdi. Mamlakatni iqlim oʻzgarishiga moslashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan strategiyada aytilishicha, isish tufayli dunyo miqyosidagi falokatlar kutilmoqda.

Markaziy Osiyoning koʻp qismini toza suv bilan taʼminlaydigan Pomir togʻ muzliklari asosiy tashvishlardan biri boʻldi.

Hukumat prognoziga koʻra, muzliklarning erishi natijasida qator falokatlar va tabiiy ofatlar boʻlishi mumkin. Xususan, yaylovlar maydonining kamayishi, chang boʻronlari, chigirtka bosishi, kuchli yomgʻir va halokatli sel toshqini xavfi oshadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala