Farg‘onada fuqarodan 30 ming dollar talab qilgan kadastr xodimi ushlandi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri i moneti raznix stran
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xodim fuqaroga 5 gektar yer maydonini bog‘dorchilik uchun ajratish to‘g‘risida tuman hokimining qarorini chiqartirib berish evaziga 30 ming dollar talab qilgan. Shundan 22 ming dollar va 28,5 mln so‘mni olayotganda qo‘lga tushgan.

TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Farg‘onada fuqarodan 30 ming dollar talab qilgan kadastr xodimi ushlandi.

Dengi - Sputnik O‘zbekiston
Shahrisabz tumani hokimining o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” davlat korxonasi Oltiariq tuman filiali mutaxassisi E.M. va boshqalar fuqaro O.N.dan unga 5 gektar yer maydonini bog‘dorchilik uchun ajratish to‘g‘risida tuman hokimining qarorini chiqartirib berish evaziga 30 ming dollar talab qilishgan.

Shundan 22 ming dollar va 28,5 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan E.M. va boshqalarga nisbatan JKning 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0