Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Siyosat

Mirziyoyev va Patrushev Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal sekretarya Soveta bezopasnosti Rossii Federatsii Nikolaya Patrusheva
Shavkat Mirziyoyev prinyal sekretarya Soveta bezopasnosti Rossii Federatsii Nikolaya Patrusheva - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevni qabul qildi.

TOSHKENT, 31 okt – Sputnik. 31 oktyabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevni qabul qildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Siluet voorujyonnogo boyevika - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Afgʻon-tojik chegarasida 8 mingga yaqin jangari toʻplandi - ekspert

“Prezidentimiz mehmonni samimiy qutlar ekan, ikki davlat rahbarlarining muntazam va samarali muloqoti tufayli soʻnggi yillarda Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal surʼat bilan rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Nikolay Patrushev, oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul uchun sidqidildan minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi”, - deyilgan xabarda.

Uchrashuvda mamlakatlar oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikka oid, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari, jumladan, Afgʻonistondagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etish istiqbollari muhokama qilindi.

Xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xatarlarga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlik qilish, harbiy va harbiy-texnik sohalarda amaliy sheriklikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala