TOSHKENT, 31 okt - Sputnik. Dogʻistonlik Ilyas Bekbulatov fuqaroligini oʻzgartirdi va Oʻzbekiston jamoasi sharafini himoya qiladi. Bu haqda sportchi Instagram᾽dagi sahifasida maʼlum qildi.
Kurashchi koʻplab terma jamoalardan taklif olgan, biroq Oʻzbekistonning “sport fuqaroligini” olishga qaror qilgan.
Xususan, 2016 yilda Vengriya Bekbulatovni oʻz terma jamoasiga jalb qilishga uringan, biroq rad javobini olgan. Mutaxassislar uni dunyodagi eng yaxshi texnik kurashchilardan biri deb hisoblashadi. Ilyas 2017 yilgi Yevropa chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
Eslatib oʻtamiz, meksikalik qilichboz Paola Pliyego ham Oʻzbekiston fuqaroligini olgan va hozirda turli chempionatlarda Oʻzbekiston sharafini himoya qilib kelmoqda.