Oʻzbekistonda qimmatbaho navlardagi daraxtlar kesilishiga moratoriy eʼlon qilindi

© Telegram / ExoUzbekistanaV Yunusabadskom rayone Tashkenta ostanovlena nezakonnaya vыrubka derevyev
V Yunusabadskom rayone Tashkenta ostanovlena nezakonnaya vыrubka derevyev - Sputnik Oʻzbekiston
Moratoriy tabiiy omillar yoki zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari taʼsirida zararlangan, qurib borayotgan yoki qurib qolgan daraxtlar hamda butalarni kesishga joriy etilmaydi.

TOSHKENT, 31 okt - Sputnik. Oʻzbekiston Hukumati mamlakat Ekologik partiyasi va jamoatchilikning davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy joriy etish toʻgʻrisidagi taklifini maʼqulladi, deb xabar bermoqda mahalliy OAVlar.

Posadka derevyev v parke - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda 1 million dona daraxt koʻchati oʻtqaziladi

Belgilanishicha, moratoriy 2019 yil 1 noyabrdan 2020 yil 31 dekabrgacha amal qiladi.

Moratoriy amal qilish davrida vakolatli davlat organlariga davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga ruxsatnoma berish man etiladi.

Moratoriy tabiiy omillar yoki zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari taʼsirida zararlangan, qurib borayotgan yoki qurib qolgan, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf tugʻdiruvchi daraxtlar va butalarni sanitar kesish va qirqishga; yogʻoch va mevalar olish uchun oʻstirilayotgan daraxtlar hamda butalarni (terak va tez oʻsuvchi boshqa navlar, tut plantatsiyalari, mevali daraxtlar va butalar) kesishga; plantatsiyalarda oʻstirilayotgan va/yoki yuridik va jismoniy shaxslarning mulki hisoblangan daraxtlar hamda butalarni kesishga joriy etilmaydi.

Hujjatda vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari obʼyektlarni qurish va loyihalashtirish uchun yer maydonlarini tanlash va ajratish bosqichida, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini barpo etishda, daraxtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazish amaliyotini qoʻllash orqali ularning saqlab qolinishini qatʼiy taʼminlashi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala