Dunyoda

ISHID oʻziga yangi rahbar tayinladi

© Collage Sputnik / Jeshu JohnProsmotr zapreщennыx agitatsionnыx materialov
Prosmotr zapreщennыx agitatsionnыx materialov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Abu Bakr al-Bagʻdodiy AQSH harbiylari maxsus amaliyoti natijasida oʻldirilganidan keyin ISHID terrorchilik uyushmasi oʻziga yangi rahbar tayinladi.

TOSHKENT, 1 noya – Sputnik. ISHID* oʻz yetakchisi Abu Bakr al-Bagʻdodiy oʻldirilganini rasman tasdiqlab, yangi yetakchi nomini maʼlum qildi. Abu Ibrohim al-Hoshimi al-Qurayshi ISHIDning yangi rahbari boʻldi, deb xabar qildi AMAQ nashri.

Dunyoda
Yaqin kunlarda ISHIDning yangi yetakchisi nomi eʼlon qilinadi – AQSH razvedkasi

Bundan tashqari, Al-Bagʻdodiyning yordamchisi Abu Al-Xasan Al-Maxajir ham oʻldirilganligi maʼlum qilindi.

Oʻtgan haftada AQSH prezidenti Donald Tramp “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti yetakchisi Abu Bakr al-Bagʻdodiy yoʻq qilinganini maʼlum qilgandi.

Trampning soʻzlariga qaraganda, terrorchi AQShning Suriya shimoliy-sharqidagi operatsiyasi natijasida yoʻq qilingan. Amerikalik harbiylardan hech kim jabrlanmagan.

Shuningdek, Tramp maxsus amaliyotning tafsilotlarini ochiqlagan. Maʼlum boʻlishicha, “ISHID” rahbari harbiylardan yer ostidagi tunnelda yashirinishga uringan va oʻzini portlatib yuborgan. Natijada koʻplab terrorchilar yoʻq qilingan. Harbiylar 11 nafar bolani ozod qilishgani aytgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi Moskvada ushbu terrorchi yoʻq qilingani haqidagi xabarlarni tasdiqlash uchun ishonchli dalillar yoʻqligini taʼkidlagan edi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0