TOSHKENT, 1 noya - Sputnik. Rossiya hukumati Oʻzbekistonga AES qurilishi uchun davlat eksport krediti ajratishi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Hukumat raisi oʻrinbosari Sergey Prixodkoning soʻzlariga asosan.
"AES qurilishi Oʻzbekiston - Rossiya munosabatlari uchun strategik muhim loyiha hisoblanadi, shu jumladan u haqida tuzilayotgan shartnomalar va uning moliyalashtirish masalasi ham oʻta muhimdir.
Moliya manbaalariga kelsak, ushbu loyihaning ikki davlat uchun ham muhimligini inobatga olgan holda, Rossiya Federatsiyasi hukumati davlat eksport krediti ajratish imkoniyatini koʻrib chiqishga tayyor. Aniq shartlar Rossiya va Oʻzbekiston moliya vazirliklari muzokaralaridan soʻng maʼlum boʻladi.
Oʻzbekistonda qurilishi rejalashtirilayotgan AESning dastlabki qiymati allaqachon aniq boʻlgan. Lekin bunday loyihalar narxi, odatda, shartnoma imzolanganicha va undan soʻng ham keng ommaga eʼlon qilinmaydi”, - dedi Prixodko.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Rossiya orasida erishilgan kelishuvga koʻra, “Rosatom” korporatsiyasi Oʻzbekiston hududida ikkita energiya blokidan iborat boʻlgan “3+” avlod atom elektr stantsiyasi qurib beradi. AESning qurilish joyi sifatida Jizzax viloyatidagi Tuzkon koʻli oldidagi maydon tanlangan.