TOSHKENT, 1 noya - Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yashab, qurilishda ishlab kelgan oʻzbekistonlik Ergashali Daliyev qarindoshlari tomonidan qidirilmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
© Muxtorbek TurdaliyevErgashali Daliyev - migrant, propavshiy v Sankt-Peterburge

Ergashali Daliyev - migrant, propavshiy v Sankt-Peterburge
© Muxtorbek Turdaliyev
Maʼlum boʻlishicha, qirq toʻqqiz yashar Ergashali Daliyev 4 oydan beri yaqinlari bilan aloqaga chiqmay qoʻygan.
Sankt-Peterburg politsiyasiga murojaat qilingan, biroq hamon migrantdan darak yoʻq.
Ergashali Daliyev soʻnggi bor oʻgʻillari bilan qoʻngʻiroqlashganida, oʻzining qurilishda ishlayotganini aytgan.