TOSHKENT, 1 noya - Sputnik. Yaqin kunlarda Oʻzbekistonga birinchi qish sovugʻi kirib keladi, deb xabar qilmoqda Gidrometeorologiya markazi.
“3 – 5 noyabr kunlari Oʻzbekiston hududida Gʻarbiy Qozogʻistondan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi. Ayrim hududlarda tunda havo harorati -3 darajagacha sovuq boʻlishi mumkin”, - deyilgan xabarda.
Oʻzbekiston hududida 4−5 noyabr kunlari havo harorati tunda 0 ... +5 darajagacha tushishi, togʻli hududlarda -1...-2 darajagacha sovib ketishi mumkin. Kunduzi harorat +8…+13 daraja boʻladi.
Shimoliy hududlarda tunda havo harorati −3…+2 daraja, kunduzi +3…+8 darajani tashkil qilishi mumkin.
Qoraqalpogʻiston va Xorazm hududida 3 – 4 noyabr kunlari yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Shamol tezligi 18−23 m/s dan 25−28 m/s gacha boʻlishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Turkmaniston tomonidan esgan sovuq shamol tufayli Oʻzbekistonda ilk yomgʻirlar 30 oktyabrda boshlangan edi.