Jamiyat

Mirzo Ulugʻbek tumanidagi ayrim koʻchalar vaqtincha ichimlik suvisiz qoladi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Fotobankka oʻtishKran v vannoy komnate
Kran v vannoy komnate - Sputnik Oʻzbekiston
6 noyabr kuni soat 23:00 dan 8 noyabr kuni soat 06:00ga qadar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi ayrim koʻchalarda vaqtincha ichimlik suvi taʼminoti toʻxtatiladi.

TOSHKENT, 7 noya - Sputnik. 6 noyabr kuni soat 23:00 dan 8 noyabr kuni soat 06:00ga qadar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi ayrim koʻchalarda vaqtincha ichimlik suvi taʼminoti toʻxtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar qilmoqda.

Buning sababi Toshkent shahar Yashnobod tumani Maxtumquli va Ohangoron koʻchalari kesishmasidagi D-1400 mm ichimlik suv tarmogʻida taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotgani.

“Suvsoz” DUK tomonidan ushbu manzillarga ichimlik suvini yetkazib berish choralari amalga oshiriladi.

Quyida tarmoqdan uziladigan manzillar roʻyxati keltirilgan:

- Parkent koʻchasida;

- Parkent 3-berk koʻchasida;

- Parkent 4-berk koʻchasida;

- Issiq suv koʻchasida;

- Issiq suv 1-tor koʻchasida;

- Qarnoq koʻchasida;

- Mirzo Ulugʻbek tumani DSENM binosida

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda ayrim toifa yuridik shaxslar uchun suv narxi oshirilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala