Jamiyat

Toshkentda tirbandlikka qarshi kurashishning yangi usulini topishdi

© GUVD Tashkentavafelnaya razmetka v Tashkente
vafelnaya razmetka v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Mazkur chizmani qoʻllash qarori qabul qilinishiga Singapurdagi muvaffaqiyatli tajriba sabab boʻlgan. Chunki ushbu yangilik sababli Singapur hukumati yoʻllardagi holat yaxshilanishiga erishgan.

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Toshkentda sinov tariqasida shahar yoʻllarida tirbandlikka qarshi kurashishning yangi usuli joriy etildi. Bu chorrahalardagi “Vafel chizmalari”, deya xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB.

Taʼkidlanishicha, mazkur chizmani qoʻllash qarori qabul qilinishiga Singapurdagi muvaffaqiyatli tajriba sabab boʻlgan. Chunki ushbu yangilik sababli Singapur hukumati yoʻllardagi holatni yaxshilanishiga erishgan.

V Tashkente ustanovili neobыchnыy dorojnыy znak - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda noodatiy yoʻl belgisi oʻrnatildi

Bir necha chorrahalarda paydo boʻlgan yangi yoʻl chizmasi tashqi koʻrinishi sababli xalq tilida “vafel chizmasi” deb nomlangan.

“Chizma yordamida harakat yoʻnalishida tirbandlik yuzaga chiqqan holatda chiqish mumkin boʻlmagan hudud belgilab olinadi va haydovchi toʻxtashga majbur boʻladi. “Vafel chizmasi” YHQ bilan belgilangan baʼzi holatlarda oʻng yoki chap tomonga burilishni taqiqlamaydi”, - deyiladi xabarda.

Chizma parallel kesishadigan sariq rangli diagonal chiziqlardan hosil boʻlgan kataklar koʻrinishiga ega. “Vafel chizmasi” mustaqil tarzda hamda chorrahaga yaqinlashish haqida ogohlantiruvchi yoʻl belgisi bilan birga qoʻllanilishi mumkin. 

Hozirgi vaqtda sariq rangli kataklar Nukus koʻchasining Bobur, Abdulla Qahhor, Glinka, Beshyogʻoch, Mirobod, Avliyo-Ota, Afrosiyob koʻchalari bilan kesishmasida – jami yettita chorrahalarda chizilgan. 

Yaqin kunlarda poytaxtning yana 18 ta chorrahalarida “vafel chizmalari”ni tashkil etish rejalashtirilgan.

Xabarda hozirda ushbu qoidabuzarlik uchun bayonnoma rasmiylashtirish koʻzda tutilmayotgani qoʻshimcha qilingan. Maʼlum qilinishicha, haydovchilarga chizmaning talablarini oʻrganib chiqish uchun vaqt va unga koʻnikish uchun imkoniyat beriladi. 

Yangiliklar lentasi
0