TOSHKENT, 13 noya – Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp Turkiya yetakchisi Tayyib Erdoʻgʻonga 100 mlrd dollarlik savdo bitimi hamda Anqara S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olgani uchun unga qarshi kiritilishi kerak boʻlgan sanktsiyalar atrofidagi vaziyatni hal qilishda yordam taklif qildi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar qilmoqda.
Nashrning manbalariga koʻra, bu kabi takliflar Trampning oʻtgan hafta Erdoʻgʻonga yoʻllagan maktubida bildirilgan.
Gazetada yozilishicha, Trampning ushbu takliflari, ehtimol, AQSH kongressi aʼzolarining “jazavasini qoʻziydi. Chunki ular oʻtgan oyda Suriyadagi harbiy amaliyot uchun Anqaraga qarshi sanktsiyalar kiritishni qoʻllab-quvvatlashgan edi.
Turkiya prezidenti Tayyib Erdoʻgʻon 13 noyabrda AQShga tashrif buyuradi va Donald Tramp bilan uchrashib, eng yangi qiruvchi samolyotlar, Rossiya va AQSH majmualari S-400 va Patriot’ni sotib olishni hamda Suriyadagi vaziyatni muhokama qiladi.
Anqaraga Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualari yetkazib berilishi Turkiya va AQSH munosabatlariga sovuqchilik tushirdi. Amerika Turkiyaga bir necha marta poʻpisa qildi. Biroq Turkiya bu tahdidlarga parvo qilmasdan S-400 xarid qildi. Erdoʻgʻonning soʻzlariga koʻra, Rossiya ZRM 2020 yilda toʻliq harakatga keltiriladi.