Do‘stlik va bag‘rikenglik: Toshkentda "Markaziy Osiyo - umumiy uyimiz" anjumani o‘tkazildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMejdunarodnaya konferensiya "Sentralnaya Aziya - nash obshiy dom"
Mejdunarodnaya konferensiya Sentralnaya Aziya -  nash obshiy dom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida Bag‘rikenglik haftaligi doirasida "Markaziy Osiyo - bizning umumiy uyimiz" xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ekspertlar kelgusida mintaqada axil qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash yo‘llarini muhokama qildilar

TOShKENT, 15 noya — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Markaziy Osiyo davlatlari ekspertlari Toshkentda millatlararo aloqalar hamda madaniy-gumanitar loyihalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Prazdnovanie Kurban-Bayrama v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda diniy muassasalarni ro‘yxatga olish soddalashtiriladi

Forumda chet el diplomatlari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakillari, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari, shuningdek, millatlararo munosabatlar sohasidagi ekspertlar va chet eldagi o‘zbek milliy madaniy markazlari rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuv kun tartibidan - Markaziy Osiyo davlatlarining madaniy-gumanitar sohada aloqalarini kengaytirish masalalari, o‘zaro hamkorlikda xalq diplomatiyasi instituti rolini kuchaytirish, shuningdek, O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlar bilan sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.

"Rossotrudnichestvo" rahbari o‘rinbosari Mixail Bruxanov tadbir davomida Sputnik muxbiri bilan suhbatda ushbu masalaga barcha katta qiziqish bildirilayotgani, demak-ki ushbu yo‘nalishda samarali ishlarni amalga oshirib, o‘zaro manfaatli natijalarga erishish mumkin, deya umid bildirdi.

"Men bu anjumanda Markaziy Osiyodan ko‘plab do‘stlarimni uchratdim, ular boy tarix va madaniyatga ega bu mintaqada ishlashga, muloqot qilishga va uzoq muddatli do‘stona, gumanitar munosabatlarni o‘rnatish uchun qandaydir yechimlar topishga tayyor", - deb ta’kidladi Bruxanov.

Fragment Kapitoliya Vashingtona - Sputnik O‘zbekiston
AQSh O‘zbekistonni "diniy erkinlikdagi huquqbuzarliklar" uchun kuzatuv ro‘yxatiga kiritdi

Bruxanov fikriga ko‘ra, bunday formatdagi muloqot o‘ta foydali va shu bois, bu kabi forumlar kelajakda mintaqaning boshqa mamlakatlarida ham o‘tkazilishiga umid bor.

Tadbirni ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhomjon Ne’matov bunday uchrashuvning dolzarb ekanligini ta’kidladi.

"Keskinlik davom etayotgan dunyoda millatlararo muloqot, bag‘rikenglik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilish juda muhimdir. Axir, bizning mintaqamiz asosan umumiy madaniyat va dinga tayanadi. Ha, taraqqiyotga to‘sqinlik qiladigan davrlar va omillar mavjud edi – kelishilmagan chegaralar, suvdan foydalanish muammolari va transportdagi ziddiyatlar. Ammo juda qisqa vaqt ichida prezidentimizning Markaziy Osiyoga qaratilgan siyosati tufayli deyarli barcha dolzarb masalalarni hal qilishga muvaffaq bo‘ldik”, - dedi TIV vazir o‘rinbosari.

Vstrecha posla SShA po religioznim delam v komitete Musulman Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
AQSh diniy erkinlik bo‘yicha elchisi O‘MI rahbarlari bilan uchrashdi

Uning ta’kidlashicha, asosiy masalalar bo‘yicha rostgo‘y muloqot ushbu mintaqani yanada rivojlantirishga yordam beradi, nafaqat madaniy va gumanitar muammolarni, balki xalqaro va millatlararo munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy va siyosiy muammolarni ham hal qiladi.

So‘zga chiqqan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori akademik Akmal Saidov aynan O‘zbekiston 23-yil muqaddam BMTda bag‘rikenglik kuni tasdiqlanishi bo‘yicha deklaratsiya qabul qilinishi lozim, degan tashabbusni ilgari surgan mamlakatlardan biri bo‘lganini va endi Bag‘rikenglik kuni 16-noyabrda nishonlanishi haqida gapirdi.

"O‘zbekiston milliy bag‘rikenglik bilan ajralib turadi, chunki asrlar davomida o‘nlab xalq va millat ushbu hududda yashab kelgan. Diniy jihatdan ham, respublika bag‘rikenglik namunasi bo‘lib qolmoqda – jami 16 ta diniy konfessiyalar bitta davlatda yashab kelmoqda. Islom, xristian, iudaizm, buddaviylik va boshqa diniy ta’limotlar bu yerda o‘zlarini qulay his qilmoqdalar,” – deb ta’kidladi akademik.

Xudoberdi Xoliknazar direktor sentra strategicheskix issledovaniy pri prezidente Respubliki Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston
Eng dolzarb masala mintaqada diniy ekstremizm tahdidlariga qarshi kurashish - Xoliqnazar

Asrlar davomida bunday konfessiyalar palitrasi Yevropaning turli davrlarida bo‘lgani kabi, missionerlik va majburiyatsiz, tabiiy tinch yo‘l bilan shakllangan.

O‘z navbatida, Qozog‘iston xalqlari assambleyasi raisining o‘rinbosari Janseyt Tumebayev tarixiy jihatdan Markaziy Osiyo mintaqasida umumiy jihatlari ko‘p edi – tili, dini va turmush tarzi.

“Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev har doim mintaqaviy integratsiyani qo‘llab-quvvatlagani bejiz emas, tabiiy, insoniy va sanoat resurslaridan foydalangan holda mintaqani va unga kiruvchi davlatlarni rivojlantiramiz”, - dedi Tumebayev.

Shuningdek, u Qozog‘istondagi millatlararo siyosat tajribasi bilan o‘rtoqlashdi, ta’kidlashicha, hozirgi kunda respublikada 600 mingga yaqin o‘zbeklar va mintaqaning boshqa mamlakatlaridan bir necha o‘n minglab vakillar istiqomat qilayotganini qayd etdi.

“Biz ularni o‘zimizni va begonalarga ajratmaymiz – ular barchasi bir mamlakat fuqarolari. Biz muntazam ravishda umumiy tadbirlar o‘tkaziladi: Qozog‘istonda O‘zbekiston yili bo‘lgan, endi bu yerda Qozog‘iston yili bo‘lmoqda. Nur-Sultonda uchinchi marta shoir Alisher Navoiy sharafiga adabiy o‘qishlar o‘tkazilmoqda. Bunday tadbirlar xalqlarimizni yanada ko‘proq jipslashtiradi” – deydi qozog‘istonlik vakil.

 

Sem Braunbek - posol SShA po religioznim delam - Sputnik O‘zbekiston
AQShning diniy erkinlik bo‘yicha elchisi O‘zbekistonga keldi

Tantanali marosimdan so‘ng tematik sessiyalar bo‘lib o‘tdi. Birinchisi mintaqada millatlararo totuvlikni mustahkamlash va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi. Ikkinchisi ishtirokchilar Markaziy Osiyoda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash muammolarini muhokama qildilar.

Tadbir doirasida millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik munosabatlari qo‘mitasi va Qirg‘iziston Respublikasi hukumati huzuridagi mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish va millatlararo munosabatlar bo‘yicha davlat agentligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Bundan tashqari, forum mehmonlari Samarqandga tashrif buyurib, tarixiy obidalar bilan tanishdilar, shuningdek, milliy madaniy markazlar vakillari bilan uchrashdilar.

Yangiliklar lentasi
0