Jamiyat

“Tez yordam” mashinasi oʻtib ketishiga xalaqit berish uchun jarima oshiriladi

© Minzdrav UzbekistanaSkoraya pomoщ
Skoraya pomoщ - Sputnik Oʻzbekiston
Toʻsqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan mashinalarning oʻtib ketishiga xalaqit berishi huquqbuzarlik jarima miqdori oshirilishi mumkin.

TOSHKENT, 15 noya – Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1285-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasi tayyorlandi.  

Tonirovannoye steklo avtomobilya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ruxsatnomasiz tonirovka uchun jarima miqdoriga oʻzgartirish kiritiladi

Qonun loyihasida yozilishicha, ushbu modda birinchi qismining sanktsiyasidagi “besh” degan soʻz “oʻn” degan soʻz bilan almashtiriladi.

1285-moddaning birinchi qismiga muvofiq: “Transport vositalari haydovchilarining toʻsqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining oʻtib ketishiga xalaqit berishi – eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”.

Ushbu huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, - eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala