Jamiyat

Toshkent aeroporti xususiylashtirilishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNovыy mejdunarodnыy terminal aeroporta Tashkent
Novыy mejdunarodnыy terminal aeroporta Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Aeroportlar faoliyatini samarali boshqarish maqsadida, davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlari joriy etilishi mumkin.

TOSHKENT, 15 noya – Sputnik. Oʻzbekistonda aeroportlar xususiylashtirilishi mumkin, bu haqida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar qildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligida Yaponiyaning “Sumitomo korporeyshn” delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda aeroportlar faoliyatini samarali boshqarishda, dunyo tajribasida kelib chiqqan holda, davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlaridan oqilona foydalanish istiqbollari muhokama qilindi.  

Xususan, Toshkent xalqaro aeroportini konsessiya usulida boshqarish loyihasi boʻyicha takliflar taqdim etildi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Fargʻona va Termiz aeroportlarida ushbu mexanizm asosida boshqarishga qiziqish borligi eʼtirof etildi,- deyligan xabarda.  

Shuningdek, «Oʻzbekiston aeroportlari» aktsiyadorlik jamiyati faoliyatiga yaponiyalik ekspertlarni jalb etish masalasi muhokama qilindi.

Xalqaro aeroportlar reytingida yuqori oʻrinlarda turuvchi Yaponiyaning Narita, Fukoka, Senday, Kansay va Xokkaydo aeroportlari, ulardagi boshqaruv tizimi, foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar haqida fikr mulohazalar bildirildi.

Yangiliklar lentasi
0