Dunyoda

Xitoylik kechasi bilan smartfonda oʻynagandan soʻng bir koʻzi koʻrmay qoldi

© Sputnik / Konstantin Rodikov / Mediabankka oʻtishMobilnыy telefon
Mobilnыy telefon - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xitoylik kechasi bilan mobil telefonida oʻyin oʻynagan. Erkakning zoʻriqish oqibatida chap koʻzidagi tomir yorilib ketgan va shu sababli koʻziga qon quyilgan.

TOSHKENT, 15 noya – Sputnik. Xitoyning Shenchjen shahrida istiqomat qiluvchi erkak kechasi bilan smartfonda oʻyin oʻynagandan soʻng bir koʻzi koʻr boʻlib qoldi, deb xabar qildi RIA Novosti Daily Mail nashriga asosan.

Dunyoda
WhatsApp ostida yashirinadigan virus aniqlandi: 25 million telefon zaharlandi

Xabarda aytilishicha, erkak kechasi bilan mobil telefonida oʻyin oʻynagan. Ertalab oʻygʻonganda chap koʻzi koʻrmay qolganini sezadi. Erkakning zoʻriqish oqibatida chap koʻzidagi tomir yorilib ketgan va shu sababli koʻziga qon quyilgan.

Taʼkidlanishicha, bunday holat koʻpincha jismoniy zoʻriqish oqibatida yuz beradi.

Jabrlanuvchiga jarrohlik amaliyoti oʻtkazilib, koʻzi lazer bilan davolandi.

Shifokorlarning taʼkidlashicha, uning koʻrish qobiliyati bir oydan keyin tiklanishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0