Hodisalar

Namanganda is gazi uch kishini hayotdan olib ketdi

© Sputnik / StringerZajjeniye gazovoy konforki
Zajjeniye gazovoy konforki - Sputnik Oʻzbekiston
Namangan viloyati Uychi tumani 4 nafar fuqaro is gazidan zaharlandi. Voqea joyida xonadon sohibining turmush oʻrtogʻi va ikki nafar farzandi vafot etdi.

TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. Namangan viloyati Uychi tumani “Doʻstlik” MFY, Mirishkor koʻchasidagi uyda 4 nafar fuqaro is gazidan zaharlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, mudhish hodisa bugun, 17 noyabr kuni soat 03:10larda sodir boʻlgan. Voqea joyida xonadon sohibining turmush oʻrtogʻi va ikki nafar farzandi vafot etgan. Xonadon sohibi esa tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Is gazidan saqlaning - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Koʻrinmas qotildan saqlaning

Gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yongʻin va xavfsizlik talablariga rioya qilinmagani mazkur mudhish hodisaga sabab boʻlgan.

Aniqlanishicha, xonadonda qoʻlbola yasalgan isitish pechiga propan gaz balloni rezina shlang orqali ulanib uy ichida foydalanilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

FVV fuqarolardan kirib kelayotgan isitish mavsumida gaz va boshqa muqobil yoqilgʻi turlaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga amal qilishni, qoʻlbola va sertifikatlanmagan isitish anjomlaridan foydalanmaslikni soʻragan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala