Litva Tashqi ishlar vaziri Linas Linkyavichyus Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasida boʻlib oʻtgan biznes-uchrashuvida, Boltiqboʻyi mamlakati Oʻzbekiston bilan iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish niyatida ekanligi va Klayped porti orqali Yevropaga oʻzbek tovarlarini transport va logistika sohasida hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini taʼkidlagandi.
Ushbu muzokaralarda kimyo, oziq-ovqat, qurilish va farmatsevtika sanoati yoʻnalishlarda Oʻzbekistonda Litva kapitali ishtirokida 14 ta korxona faoliyat koʻrsatayotganini taʼkidlandi.
2019 yil 9 oyda ikki davlat oʻrtasida tashqi savdo aylanmasi 362,1 million dollarni tashkil qildi.
Kuzmina Litva Oʻzbekistonga Yevropa bozorida oldinga siljishga yordam berish niyatini izohlar ekan, Yevropaga chiqishga Oʻzbekiston yetarli imkoniyatlarga ega ekanligini taʼkidladi.
“Yoʻnalishlarning aksariyati Rossiya orqali oʻtadi. Butun tizimni qayta oʻzgartirish maqsadga muvofiq boʻladi deb hisoblamayman. Oʻzbekiston uchun bu iqtisodiy jihatdan qiyin. Ehtimol, Oʻzbekiston baʼzi tovarlari Litva orqali olib kirishi mumkin, biroq bu butun savdo oqimlarini Klayped portiga yoʻnaltirilishini anglatmaydi”, - dedi ekspert Sputnik Oʻzbekiston radio efirida.
Kuzmina Oʻzbekiston va Litva oʻrtasida tovar aylanmasi hajmini baholadi. Uning soʻzlariga koʻra, 362,1 million dollar - bu “daryodan bir tomchi”.