O‘zbekistonning eng muhim boyligi bu inson resurslaridir - Aripov

© Spuntik / Dilshoda RaxmatovaPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Inha universitetida “Bir million dasturchilarni tayyorlash” loyihasi ochilish marosimida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov nutq so‘zladi.

TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Toshkent shahridagi Inha universitetida “Bir million dasturchi” loyihasi ochilishida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov nutq so‘zladi. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga asosan.

Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda dasturchilar uchun bepul onlayn kurslar ochilmoqda

“Bugungi kunda O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida kadrlar tayyorlash, aholiga xizmat ko‘rsatish, axborot texnologiyalar, transport, energetika va boshqa sohalarda bir qator muhim sarmoyaviy  va gumanitar loyihalar amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi mamlakatlarimiz rahbarlarining siyosiy irodalari tufayli amalga oshirilmoqda. Bor yo‘g‘i ikki oy oldin biz hukumat va kelajak ishlari bo‘yicha BAA vaziri bilan  birgalikda yoshlarni mobil ilova va servislarni ishlab chiqishga qaratilgan davlat “MGovAward” mobil ilovalarni ishlab chiqish bo‘yicha birinchi respublika tanloviga start bergandik.

“Bir million dasturchilarni tayyorlash” loyihasining boshlanishi ham axborot texnologiyalar va dasturlash sohasidagi qo‘shma tashabbuslarimizning muhim mantiqiy davomidir.

Buyuk ipak yo‘lining muhim madaniy va ilmiy markazi sifatida tanilgan O‘zbekiston jahon ilm fani rivojiga xissa qo‘shgan ko‘plab taniqli olimlar va mutafakkirlarning vatani bo‘lgan. Xususan, dunyoni nol va o‘nli sanoq tizimi tushunchasi bilan tanishtirgan Muhammad al-Xorazmiy - bu kashfiyot matematikaning rivojlanishida burilish nuqtasidan bo‘lib, shu jumladan, axborot texnologiyalar kabi yo‘nalishning ham shakllanishiga asos yaratgan.

Yaponiya pomojet Uzbekistanu razvit sferu informatsionnix texnologiy - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiya O‘zbekistonga axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishda yordam beradi

Bugungi kunda zamonaviy O‘zbekistonning eng muhim boyligi bu inson resurslaridir. Bu yerda aholining 60 foizi ortig‘i o‘rtacha yoshi 29 yoshdan oshmaydigan yoshlar tashkil etadi. Shu sababli yoshlarga oid davlat siyosatida o‘g‘il va qizlarimizning jamiyatdagi mavqeyini mustahkamlash kelajakning yangi mutaxassisliklari va kasblarni egallashlari biz uchun o‘ta muhimdir. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan yoshlarni tarbiyalash va ta’lim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan beshta tashabbus amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturida o‘zida aks etgan”, - deb ta’kidladi Aripov.

Aripov ta’kidlashicha, ushbu tashabbuslar loyihasida mamlakatda bir qator davlat loyihalari amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, axborot texnologiyalar sohasida yoshlarga rahbarlik ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan - har bir tumanda kompyuter dasturlash, grafik, dizayn va ma’lumotlarni qayta ishlash asoslarini o‘qitish bo‘yicha raqamli texnologiyalar markazlari bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.

“Ishonchim komilki, amalga oshirilayotgan bir million dasturchilarni tayyorlash loyihasi beshta tashabbus davlat dasturining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda muhim vosita bo‘lib hisoblanadi.

Zaklyuchennie v kolonii - Sputnik O‘zbekiston
Mahkumlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalar asosida bilim oladi

Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkida bo‘lib, uni yanada kengaytirish, kattaroq hudud ajratilishi va yangi bino inshootlar qurilishi boshlanishi munosabati bilan tamal toshini qo‘ydilar.

Davlatimiz rahbari kelajakda axborot texnologiyalar parki hududlarda tashkil etilayotgan beshta tashabbusning uchinchi tashabbusi, ya’ni kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalar va dasturchilarni tayyorlash tashabbusining mantiqiy markazi va cho‘qqisi bo‘lishi lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdilar”, - dedi bosh vazir.

Aripov so‘zlariga ko‘ra, “bir million dasturchi tayyorlash” loyihasining amalga oshirilishi mamlakat aholisining keng qatlamlardagi yangi axborot texnologiyalar kasblarini o‘zlashtirishga jalb etish, shuningdek, yoshlarni, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni ishga joylashtirish, dasturlash bo‘yicha bepul ta’lim berish va o‘z-o‘zini kasbiy ifoda etishda yangi imkoniyatlar yaratadi.

Yangiliklar lentasi
0