O‘zbekiston mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimdan ozod etildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZamministra oboroni Uzbekistana general-mayor Azizbek Ikramov
Zamministra oboroni Uzbekistana general-mayor Azizbek Ikramov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

TOShKENT, 23 noya - Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tizimida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

Posetitelnitsa na Mejdunarodnom voyenno-texnicheskom forume ARMIYa-2016 - Sputnik O‘zbekiston
Mudofaa vazirligi ayollarni harbiy xizmatga taklif qiladi

O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshqa lavozimga tayinlangaligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rnini Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi qo‘mondoni polkovnik Hamdam Qarshiyev egallagan.

General-mayor Azizbek Ikramov mudofaa vazirligi tizimidagi faoliyatini 2017-yilda boshlagan. Bunga qadar Ichki ishlar vazirligi tizimida xizmat qilgan.

Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi qo‘mondoni lavozimiga polkovnik Jur’at Aqubov tayinlangan.

Yangiliklar lentasi
0