Dunyoda

Savchenko: 2023 yilda Ukraina dunyo xaritasidan yoʻq boʻladi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Kiyev
Goroda mira. Kiyev - Sputnik Oʻzbekiston
Ukraina Oliy radasi sobiq deputati Nadejda Savchenko qishloq xoʻjaligi yerlarini sotish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Ukraina davlatchiligiga chek qoʻyadi, deb hisoblaydi.

TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. Ukraina Oliy radasi  sobiq deputati Nadejda Savchenko 2023 yilda Ukrainaning yoʻq boʻlib ketishini bashorat qildi, deya yozadi RIA Novosti.

Oglasheniye prigovora Nadejde Savchenko - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
“Ukraina uchun kurashaman”: Nadejda Savchenko ozodlikka chiqarildi

Savchenkoning fikriga koʻra, qishloq xoʻjaligi yerlarini sotish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Ukraina davlatchiligiga chek qoʻyadi. U deputatlar bu qonunning ehtimoliy xatarlarini anglab turishgani, shunga qaramasdan uni qabul qilishni rejalashtirishayotganini taʼkidlagan.

“Ozodligimiz boʻlmaydi, hayotimiz bir tiyinga qimmat boʻladi”, - deb hisoblaydi siyosatchi.

Savchenko Oliy rada xonalari eshiklariga qonundan voz kechish chaqiriqlari bitilgan plakatlar yopishtirib chiqqanini qoʻshimcha qilgan. Uning soʻzlariga qaraganda, deputatlar qarshilikni his qilishlari lozim.

“Agar ushbu qonun haqiqatdan ham qabul qilinsa, men sizga 2023 yilda Ukraina kabi davlat dunyo xaritasida boʻlmasligini aytib qoʻyay. Mana koʻrasiz, ular bu ishni qilishadi”, - deya qayd etgan u.

Oʻtgan hafta Rada birinchi oʻqishda 2020 yilning oktyabridan qishloq xoʻjaligi yerlarini sotish boʻyicha moratoriyni bekor qiluvchi qonun loyihasini qabul qilgan edi.  Qishloq xoʻjalik yerlarini sotish boʻyicha moratoriy Ukrainada 14 yildan beri amal qilib keladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala