Hodisalar

Oʻzbekistonda yana bir yirik amaldor hibsga olindi

© Sputnik / Vladimir PesnyaSotrudnik zakrыvayet dver sledstvennogo izolyatora
Sotrudnik zakrыvayet dver sledstvennogo izolyatora - Sputnik Oʻzbekiston
IIV Qorovul qoʻshinlari sobiq qoʻmondoni general-mayor hokimiyatni suiisteʼmol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligida gumon qilinmoqda.

TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. IIV Qorovul qoʻshinlari sobiq qoʻmondoni general-mayor Dmitriy Panga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga koʻra, 19 noyabr kuni general-mayor Dmitriy Panga Jinoyat kodeksining 301-moddasi (Hokimiyatni suiisteʼmol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. 

23 noyabr kuni Panga ayblov eʼlon qilingan va Toshkent harbiy sudining ajrimiga asosan unga qamoqqa olish tariqasidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarida general-mayor Pan hibsga olingani va unga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala