Dunyoda

"Oʻgʻlimiz Ramazon oyida tugʻildi": "Moskva goʻzali" xiyonat aybloviga javob berdi

© Instagram /rihanapetraObladatelnitsa titula "Miss-Moskva-2015" Oksana Voyevodina
Obladatelnitsa titula Miss-Moskva-2015 Oksana Voyevodina  - Sputnik Oʻzbekiston
“Miss-Moskva” Oksana Voyevodina oʻgʻlining sobiq eri, Malayziya sobiq qiroli bilan oʻxshashligini namoyish etishga qaror qildi va bolaning suratini internetga joylashtirdi.

TOSHKENT, 25 noya – Sputnik. “Moskva goʻzali-2015” tanlovi gʻolibasi Oksana Voyevodina xiyonat qilish aybloviga javob berdi va sobiq turmush oʻrtogʻi, Malayziya sobiq qiroli Muhammad V'ga ochiq xat bilan murojaat qildi. Daily Mail xabariga asosan.

Bundan avval, saroydagi manbalar, Voyevodina oʻgʻli Ismoil Leon bilan sobiq turmush oʻrtogʻi oʻrtasida otalikni aniqlash maqsadida ikki marta DNK testini oʻtkazishdan bosh torganini taʼkidlashgan.

Bu fakt sulton advokatini Muhammad bolaning otasi ekanligiga shubha qilishga undadi. Voyevodina oʻz navbatida bola osiyo yuzli ekanligi tufayli shubhaga oʻrin yoʻq, deya katʼiy taʼkidlamoqda.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Rihana Oksana Petra (@rihanapetra)

Voyevodina oʻxshashlikni namoyish qilishga qaror qilib, bolaning foto suratlarini internetga joylashtirdi.

“Men senga bir nechta suratlarni yubormoqdaman, umid qilamanki, senga boshqa DNK tahlili kerak boʻlmaydi, chunki Ismoil – sening oʻzing”.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Rihana Oksana Petra (@rihanapetra)

Shu bilan birga, Oksana taʼkidlashicha, agar foto-suratlarni koʻrgandan soʻng sulton hali ham shubha qilsa, u DNK tahliliga qarshi emas.

“Moskva goʻzali” ularning oʻgʻli muqaddas Ramazon oyida dunyoga kelganiga eʼtibor qaratdi. Ayol sobiq turmush oʻrtogʻini kechirganini va chiroyli oʻgʻil sovgʻa qilgani uchun unga minnatdorchilik bildirdi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Rihana Oksana Petra (@rihanapetra)

Voyevodina oʻz xatida turmush oʻrtogʻidan kechirim soʻragan.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil noyabrda rossiyalik model va Muhammad V toʻyi boʻlgan edi. Aprel oyida ayol islom dinini qabul qilib, Rixana ismini olgandi. Bir yarim oydan keyin toʻsatdan qirol taxtdan voz kechdi.

21 may kuni oilada oʻgʻil farzand tugʻildi, uning ismini Tenku Ismoil Leon Petr Bin Tenku Muhammad V Faris Petr deb qoʻyildi.

2019 yil 22 iyun kuni sulton Muhammad V Rixana Oksana Voyevodina bilan shariat qonunlariga muvofiq uch marta “taloq” soʻzini aytgan holda ajrashdi. Kelantan sultonligi shariat sudi 1 iyulda ajralish haqida guvohnomani rasmiylashtirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala