Sergelidagi ko‘p qavatli uylarda ikkita yangi bog‘cha ochildi

© Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniyaMinisterstvo doshkolnogo obrazovaniya otkrivayet DOO na pervix etajax jilix domov
Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniya otkrivayet DOO na pervix etajax jilix domov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sergelining aholi zich joylashgan hududida ko‘p qavatli uylarning birinchi qaqatida 370 o‘rinli ikkita yangi bog‘cha ochildi.

TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan Sergelida ikkita yangi bog‘cha ochildi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

“23 noyabr kuni Sergeli tumanida jami 370 o‘ringa ega bo‘lgan ikkita bog‘cha ochildi. Yangi bog‘chalar ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatida  joylashgan bo‘lib, aholi zich joylashgan hududlar uchun juda qulay,”- deyilgan vazirlik xabarida.

Bog‘chalar ochilish marosimida maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin ishtirok etdi.

40-sonli bog‘cha Sputnik-16 massivida joylashgan bo‘lib unda 3 guruhda 90 nafar bola tarbiyalanishi mumkin.  Bolalar bilan 10 nafar pedagog va 8 nafar yordamchi personal ishlaydi.

41-sonli bog‘cha Sergeli-7 massivida joylashgan bo‘lib, unda 4ta to‘liq kun guruhlari va 4ta qisqa muddatli guruhlar tashkil qilingan. Bochada 13 nafar pedagog va 10 nafar yordamchi tarbiyachilar ishlaydi.

© Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniya
Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniya otkrivayet DOO na pervix etajax jilix domov - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniya
Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniya otkrivayet DOO na pervix etajax jilix domov - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniya
Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniya otkrivayet DOO na pervix etajax jilix domov - Sputnik O‘zbekiston
3/3
1/3
2/3
3/3
Yangiliklar lentasi
0