Rossiya oliygohi O‘zbekiston davlat inspeksiyasi aybloviga javob qaytardi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishNapisanie diktanta
Napisanie diktanta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq O‘zbekiston Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Rossiya OTM beshta filialini tegishli ruxsatsiz abiturentlardan hujjat qabul qilishda ayblagan edi.

TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Tomsk davlat boshqaruv tizimlari va radioelektronika universiteti (TBTRU) O‘zbekiston Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi aylovini rad etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Kunduzgi ta’lim shaklini tanlagan abituriyentlar TBTRUga 20-avgustdan kechiktirilmay qabul qilinganlar... Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vazirligi farmoniga muvofiq, universitet sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘quv yili sanasini mustaqil ravishda o‘rnatishi mumkin. 2019/2020 o‘quv yili uchun sirtqi bo‘limda tahsil oluvchi talabalardan hujjatlarni 2019-yil 13-dekabriga qadar qabul qilish belgilangan”, - deyiladi RIA Novosti yo‘llagan murojaat javobida.

Shuningdek, universitet litsenziya talab qiladigan Rossiyadan tashqarida ta’lim faoliyatini amalga oshirmaganini ta’kidlagan: universitet boshqa mamlakatlarda vakolatxona va filiallarga ega emas. Oliygoh vakillarining so‘zlariga ko‘ra, hujjat qabul qilish ta’lim faoliyati hisoblanmaydi va u qonunga binoan amalga oshiriladi.

Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya oliygohlarini abituriyentlarni noqonuniy qabul qilishda ayblashdi

Hozirda ushbu oliygoh vaziyatni tartibga solish uchun O‘zbekistonning rasmiy organlariga javob xati hozirlamoqda.

Kuni kecha Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Rossiya oliygohining beshta filialini abiturentlardan noqonuniy ravishda hujjat qabul qilishda ayblagan edi. Yangi o‘quv yili boshlangan bo‘lsada, xorijiy oliygoh filiallari abituriyentlardan hujjat qabul qilishni davom ettirmoqda. Ular O‘zbekiston hududida oliy ta’lim berishga ruxsat beruvchi hujjatlarga ega emas.

Yangiliklar lentasi
0