TOSHKENT, 27 noya – Sputnik. Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Samarqandlik oʻqituvchi 15 kishi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgani aytilmoqda” sarlavhali maqola yuzasidan bayonot berdi.
Xabarda qayd etilishicha, 20 noyarb kuni 29 yoshli Joʻrabek M. ikki nafar muqaddam sudlangan sheriklari Doniyor S. va Muhammad K.lar bilan oldindan jinoiy til biriktirgan. Soʻngra jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan, shahardagi 42-sonli umumtaʼlim maktab oʻqituvchisi Izzatilo M. bilan hech bir sababsiz janjallashishgan. Jinoyatchilar janjal vaqtida qoʻl va oyoqlari bilan oʻqituvchining bosh qismi va tanasining turli sohalariga bir necha marotaba qasddan urib, hayoti uchun xavfli boʻlgan tan jarohati yetkazishgan.
Natijada Izzatilo M. shifoxonaga yotqizilgan. Biroq koʻrsatilgan muolajalarga qaramasdan 23 noyabr kuni oʻqituvchi jonlantirish boʻlimida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilgan.
23 noyabr kuni ismlari yuqorida keltirilgan fuqarolar jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Samarkand viloyati prokuraturasi mazkur ishni oʻz nazoratiga olgan.