TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Toshkentda mobil ilova 2GIS avtobuslar harakatini ko‘rsatishni boshladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar qildi.
“Ushbu ilovaning yo‘lovchilar uchun afzallik jihati unda nafaqat avtobuslar balki, yo‘nalishli taksilar haqida ham ma’lumotlarni onlayn tarzda bilish mumkin”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, bu muqobil transport vositasini tanlashda hamda manzilga tez va qulay yetib olishda yo‘lovchilar uchun yengillik yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Yandex.Metroning mobil ilovasi ishga tushirilgani xabar qilingan edi.