Iqtisod

Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish soddalashtiriladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishSotrudnik perevozit pochtovыe otpravleniya
Sotrudnik perevozit pochtovыe otpravleniya - Sputnik Oʻzbekiston
Tegishli prezident qarori loyihasi ishlab chiqilgan. Loyiha xorijiy ishlab chiqaruvchilar va ularning investitsiyalarini jalb etish, shuningdek, davlat byudjetiga tushuvchi soliq ajratmalari miqdorini oshirishni koʻzda tutadi.

TOSHKENT, 28 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish soddalashtiriladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash rejimini qabul qilish toʻgʻrisida” prezident qarori loyihasini ishlab chiqqan. Hozirda umumxalq muhokamasiga havola qilingan.

Dotsent kafedrы ekonomiki i finansov fakulteta ekonomicheskix i sotsialnыx nauk (FESN) RANXiGS Alisen Alisenov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
“Bu kam emas”: Alisenov yagona bojxona toʻlovi stavkasi haqida

Bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga qaraganda, respublikaga oxirgi 4 yil davomida 8 328,5 mln. dollarlik yoki umumiy import hajmining 17,5% miqdorida texnologik uskunalar olib kelingan.

Tovarlarni qayta ishlash va ichki ishlab chiqarish hajmi oʻrtacha 7,8%ga oʻsgan.

Loyiha respublikaning sanoat va qayta ishlash quvvatlaridan yuqori darajada foydalanish, tayyor mahsulot va xizmatlar eksportini oshirish, ichki ishlab chiqarishni kengaytirish, xorijiy ishlab chiqaruvchilar va ularning investitsiyalarini jalb etish, shuningdek, davlat byudjetiga tushuvchi soliq ajratmalari miqdorini oshirishni koʻzda tutadi.

2020 yil 1 yanvardan boshlab shunday tartib oʻrnatiladiki, unga muvofiq tovarni bojxona hududida qayta ishlashga olib kirilgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash, qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini belgilash, tovarlarni taqiq va cheklovlardan istisno etish kabi talablar va shartlarga rioya etgan holda yoʻl qoʻyiladi.

Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari tovarlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, shu jumladan montaj qilish, yigʻish yoki boshqa tovarlarga moslashtirish, tovarni taʼmirlash, shu jumladan uni tiklash va ish holatiga keltirish, qadoqlash, oʻrash va saralash, tovarlarni tozalash kabilardan iboratligi belgilanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala