Madaniyat

Oʻzbek filmlari Xalqaro Osiyo kinofestivalida ilk marotaba gʻolib boʻldi

© press-slujba "Uzbekkino"Shokir Xolikov, rejisser filma "Chay"
Shokir Xolikov, rejisser filma Chay - Sputnik Oʻzbekiston
“DigiCon6 Asia Awards 2019” nufuzli xalqaro festivalda yosh oʻzbek kinoijodkorlari birinchi marta sovrinlarga ega boʻlishga muvaffaq boʻlishdi.

TOSHKENT, 1 dek - Sputnik. Oʻzbekistonlik yosh rejissyorlar Mahliyo Asqaraliyevaning “Sovgʻa” va Shokir Xoliqovning “Choy” filmi Gongkongda boʻlib oʻtgan “DigiCon6 Asia Awards 2019” nufuzli xalqaro festivalning sovrinlariga ega chiqishdi. Bu haqda "Oʻzbekkino" milliy agentligi xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, “Sovgʻa” filmi festivalning “Next Generation” nominatsiyasida gʻolib deb topilgan va sovrin bilan birga pul mukofoti bilan ham taqdirlangan. Ushbu film yoshi 25 gacha boʻlgan yosh Osiyolik rejissyorlarning ishlari orasida birinchi oʻrinni egalladi.

Film Chay molodogo uzbekskogo rejissera zavoyeval Gran-pri v Kannax - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Oʻzbek filmlari ilk bor nufuzli xalqaro kinofestivalda mukofot uchun kurashadi

“Choy” filmi esa festivalning ikki nominatsiyasida sovrin olishga erishdi. Ushbu asar Osiyo mintaqasining aʼzo mamlakatlari orasida “Mintaqa oltin gʻolibi” sovrini bilan taqdirlandi va nufuzli festivalning Gran-Pri sovrinidan keyingi oʻrinda turadigan sovrinni ham oldi.

Taʼkidlanishicha, “DigiCon6 Asia Awards 2019” festivalida birinchi marta qatnashgan yosh oʻzbek kino ustalarining filmlari tomoshabinlar va hakamlarni mahliyo qilishga erishishgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbek filmlari ilk bor nufuzli xalqaro kinofestivalda mukofot uchun kurashishlari xabar qilingan edi. Festival mukofotiga Shokir Xoliqovning “Choy” va Mahliyo Asqaraliyevaning “Sovgʻa” filmi taqdim etilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala