Jamiyat

Elektr tokini mahalliy stantsiyalar koʻtara olmayotgani haqidagi xabar notoʻgʻri ekani aytildi

© Sputnik / Marius Baranauskas / Fotobankka oʻtishVыsokovoltnыe linii
Vыsokovoltnыe linii - Sputnik Oʻzbekiston
Avvalroq OAVlarda 1 dekabrdan boshlab “Turkmanenergo” yetkazib berayotgan elektr energiyasini mahalliy podstantsiyalar koʻtara olmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Turkmanenergo”dan yetkazilib berilayotgan elektr energiyasini mahalliy podstantsiyalar koʻtara olmayapti” degan xabarlar notoʻgʻri ekanini maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, 1 dekabrdan boshlab Turkmanistondan oʻzaro imzolangan shartnomaga koʻra, elektr energiyasini yetkazib berishni boshlangan va shu kuni jami 14,9 mln. kVt.s elektr energiyasi yetkazib berilgan.  2 dekabr kuni esa  elektr energiyasini yetkazib berish 15,4 mln. kVt.soatni tashkil etgan.

Linii elektroperedach, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Turkmaniston Oʻzbekistonga elektr energiyasini yetkazib berishni boshladi

Xabarda elektr energiyasini yetkazib berish shartnomada belgilangan, kelishilgan grafiklar va miqdorlar asosida amalga oshirilayotgani alohida taʼkidlagan.

Maʼlum qilinishicha, joriy rejimlarda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasaruffidagi elektr tarmoqlari va podstantsiyalari shartnomada belgilangan miqdordagi elektr energiyasini hududiy tarmoqlar chegarasigacha cheklanishlarsiz yetkazib berish imkoniyatiga ega.

Avvalroq OAVlarda “Turkmanistondan kelgan elektr energiyasi sababli Samarqanddagi baʼzi tumanlarda elektr energiyasi vaqtincha oʻchiriladi” sarlavhali material eʼlon qilingan edi. Unda 1 dekabrdan boshlab Oʻzbekistonga “Turkmanenergo”dan yetkazib berilayotgan elektr energiyasini mahalliy podstantsiyalar koʻtara olmayotgani aytilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala