Jamiyat

Endilikda Toshkentdagi issiqlik taʼminoti uchun kim javobgar

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishChempionat professionalnogo masterstva po standartam WorldSkills Russia v Kazani
Chempionat professionalnogo masterstva po standartam WorldSkills Russia v Kazani - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyevning yangi qarori bilan Toshkentda issiqlik taʼminoti tizimi boʻyicha yangicha tartib joriy etilmoqda.

TOSHKENT, 3 dek - Sputnik. Endilikda Toshkent shahar hokimi poytaxt issiqlik taʼminoti tizimini boshqarish faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va uning lozim darajada ishlashi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. Bu prezident imzolangan qarorda koʻzda tutilgan.

Toshkent shahar tumanlari hokimlari tegishli hududda issiqlik taʼminoti xizmatlarini koʻrsatish sohasida quyidagilar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi:

Radiator tsentralnogo otopleniya v kvartire - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Gaz oʻzimizniki, xonadonlar esa sovuq - nima qilmoq kerak?

- isteʼmolchilarga issiqlik energiyasi va issiq suv uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash;

- issiqlik energiyasi va issiq suv uchun toʻlovlarning kvartiralar ichki hisobga olish uskunalari koʻrsatkichlari, isteʼmolning normativ hajmlari va kvartiraning isitiladigan maydoni oʻlchami asosida oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini taʼminlashga, shuningdek, isteʼmolchilarning qarzdorligi kamaytirilishiga koʻmaklashish;

- issiqlik taʼminoti tizimi obʼyektlarining holati, foydalanilishi va ularga taʼmirlash xizmati koʻrsatilishi ustidan nazoratni taʼminlash;

- issiqlik energiyasi va issiq suvni hisobga olish uskunalarining almashtirilishi va oʻrnatilishini, shuningdek, issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan ularning plombalanishini tashkil etish;

- issiqlik energiyasi va issiq suvdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish.

Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahar tumanlari hokimlarining issiqlik taʼminoti tizimini boshqarish sohasidagi faoliyati samaradorligini yiliga kamida ikki marotaba baholaydi. Shuningdek, masʼul shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ragʻbatlantirish yoki javobgarlikka tortish choralarini koʻradi.

Eslatib oʻtamiz, 25 oktyabrdan poytaxtda isitish mavsumi boshlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala