TOShKENT, 4 dek – Sputnik. Lozanna federal Politexnika Maktabining bakalavriat talabasi Vasim Duadi olimlar yuz yil davomida tushuntirib bera olmagan fizik jumboqning yechimini topdi. Bu haqda Neue Züricher Zeitung yozmoqda.
Dovadi havo pufakchasi nima uchun suyuqlik bilan vertikal tor trubkada turg‘un bo‘lib qolayotganini va bir shisha mineral suvni ochishda ro‘y berayotgani kabi tepaga qarab harakatlanmasligi sababini aniqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, pufakcha ilgari taxmin qilinganidek, trubkaga yopishib qolmaydi, aksincha, juda sekin harakatlanadi. Bu harakatni ko‘z bilan ilg‘ash qiyin. Bundan tashqari, talaba pufakcha va suyuqlik o‘rtasida juda nozik qatlamni ko‘ra oldi. Aynan shu qatlamning xususiyatlari havoning ko‘tarilishi va yoxud ko‘tarilmasligini aniqlab beradi.
Qatlamning qalinligi millimetrning milliondan bir qismini tashkil etadi. Buni aniqlash uchun tadqiqot mualliflari yorug‘likni trubkadagi pufakchaga yo‘naltirdilar va trubkani ichki qismida aks ettirilgan nur va tashqi qismidagi nur orasidagi farqni interferensiyani (intensivlikni qayta taqsimlanishini) tahlil qilib hisoblash natijasida suyuqlik va trubka orasidagi qatlamning aniq o‘lchamini hisoblashga muvaffaq bo‘lishdi.
Tadqiqotchilar ilmiy ish natijalarini suyuqliklarni nanodiapazonda harakatlanishida sodir bo‘ladigan hodisalarni o‘rganishda qo‘llash mumkinligini ehtimol qilishmoqda.