Siyosat

Tokayev Qrim Rossiya tarkibiga qoʻshilishini anneksiya, deb hisoblamaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrezident Kazaxstana Kasыm-Jormat Tokayev
Prezident Kazaxstana Kasыm-Jormat Tokayev - Sputnik Oʻzbekiston
Qrimda sodir boʻlgan voqealarni anneksiya, deb atamaymiz. Boʻlgan ish boʻldi. Qrimga nisbatan anneksiya soʻzi ishlatilishi – bu murakkab, degan Tokayev

TOSHKENT, 4-dek - Sputnik. Qozogʻiston Qrim Rossiya tarkibiga qoʻshilishini anneksiya, deb hisoblamaydi, deya bayonot qildi respublika prezidenti Kasim Jomart Tokayev.

Pamyatnik arxitekturы i istorii Lastochkino gnezdo v poselke Gaspra v Krыmu - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Amerikalik sobiq diplomat AQShni Qrim Rossiyaniki deb tan olishga chaqirdi

MDH rahbarlari Qrim mavzusida kamdan-kam fikr bildirishadi.

"Birinchidan, Qrimda sodir boʻlgan voqealarni anneksiya, deb atamaymiz. Boʻlgan ish boʻldi. Qrimga nisbatan anneksiya soʻzi ishlatilishi – bu murakkab", - dedi u Germaniyaga tashrifi arafasida Deutsche Welle nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, u Qozogʻiston xukumati Ukrainadagi vokealardan qoʻrqqanmi degan savolga javob berdi.

"Ikkinchidan, siz aytganday, hech qanday qoʻrquv yoʻq edi, chunki biz yuqorida aytib oʻtganimdek, Rossiya Federatsiyasi bilan mutlaqo ishonchli, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlariga egamiz. Biz avval boshdan Rossiya rahbarining odamshavandaligiga ishonganmiz",- deya qoʻshimcha qildi Tokayev.

2014 yil oʻtkazilgan referendumdan keyin Qrim Rossiya xududiga aylandi, unda Qrim respublikasi va Sevastopol saylovchilarining aksariyati Rossiyaga qoʻshilishni yoqlab ovoz berdi. Qrim maʼmuriyati 2014 yil fevralda Ukrainada toʻntarishdan keyin referendum oʻtkazdi. Ukraina hali ham Qrimni oʻzining, lekin vaqtincha bosib olingan xududi deb biladi. Rossiya rahbariyati bir necha bor Qrim axolisi demokratik tarzda, xalqaro qonunlarga va BMT nizomiga toʻla mos ravishda Rossiya bilan birlashishga  ovoz berganliklarini taʼkidlagan. Rossiya prezidenti Vladimir Putinga koʻra, Qrim masalasi "butunlay yopiq".

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala