TOShKENT, 5 dek - Sputnik. Bugun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Miraliyev olamdan o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri “O‘zbekkino”ga asosan.
O‘zbekiston xalq artisti Tohir Miraliyev o‘zining "Tilla buva" (2011), "Uchar otlar" (2011), "Qovun" (2012), "Jasur" (2011), "Arosat" (2009), "Chavandoz" (2007), "Armon" (1987) kabi filmlardagi rollari bilan keng ommaga tanilgan.
O‘zbekkino va O‘zbekiston kinematograflar assotsiatsiyasi aktor oila a’zolariga o‘zlarining chuqur ta’ziyalarini bildirishmoqda.
Tohir akaning yaqinlari u kishini faqat yaxshi so‘zlar bilan esga olishadi. “Favvora film” tomonidan suratga olingan, qisqa metrajli hujjatli filmda hamkasabalari Tohir Miraliyev haqida halol mehnat bilan oila boqadigan, o‘z kasbiga juda fidoyi bo‘lgan, ko‘plab shogirdlar chiqargan, ustoz deb eslashadi.
© Iz lichnogo arxiva rejissera Nazima TulyaxodjayevaZaslujenniy artist Uzbekistana Toxir Miraliyev
Zaslujenniy artist Uzbekistana Toxir Miraliyev
© Iz lichnogo arxiva rejissera Nazima Tulyaxodjayeva