Dunyoda

Germaniya nashri Rossiyaning NATOga kirishi muhimligini tushuntirdi

© JOHN THYS / AFPEmblema Severo-atlanticheskogo alyansa
Emblema Severo-atlanticheskogo alyansa - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya NATOga qoʻshilsa alyansni Vladivostokdan Lissabongacha xavfsizlik transatlantik tashkilotiga aylantiradi.

TOSHKENT, 6 dek - Sputnik. Rossiyaning NATOga qoʻshilishi alyansni Vladivostokdan Lissabongacha xavfsizlik transatlantik tashkilotiga aylantirish, yadroviy qurolsizlanish boʻyicha yangi muzokaralar istiqbolini yaratish, Vashington, Moskva va Pekin oʻrtasida uch tomonlama muloqotni oʻrnatish mumkin boʻladi. Bunday fikr bilan Germaniyaning Handelsblatt nashri oʻrtoqlashdi.

Soldatы armii Kitaya na voyennom parade v chest 70-letiya obrazovaniya KNR v Pekine  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Germaniya nashri NATOning yangi asosiy raqibini maʼlum qildi

Maqola mualliflarining soʻzlariga koʻra, Donald Tramp NATOga Rossiyani taklif qilishi kerak.

AQSH prezidentida Rossiya-Amerika munosabatlarida yangi sahifani ochish, Rossiya ishtirokida "tinchlik alyansi"ni yaratishga qaratilgan "sharq siyosati"ni ishlab chiqish imkoniyati paydo boʻldi.

Bu Vashington va Moskvaga global xavfsizlik tizimidagi muvozanatni qayta taqsimlash jarayonini boshlash imkonini beradi. Yangi alyansni yaratilishi NATOni mustahkamlaydi, chunki Moskva endi "dushman" sifatida qabul qilinmaydi, balki Yevropa xavfsizligining kafolati boʻladi.

Nashr taʼkidlashicha, bunday siyosatning samaradorligi uchun Trampga oʻziga xos “norman formati” deb nomlanadigan dadil diplomatiya zarur boʻladi. Bunda Minsk kelishuvlarini bajarish majburiy boʻlishi kerak.

Mualliflar NATOning yangi shartnomasida Qoʻshma Shtatlar, Rossiya va Yevropa mamlakatlariga Yevropadan tashqarida xavfsizlik masalalari boʻyicha turli fikrlarga ega boʻlishga imkon beradigan bandni kiritish kerakligini tushuntirishdi.

Ular Bryussel yangi alyans poytaxti boʻlib qolishi kerak, ammo Rossiyada ikkinchi shtab qarorgohini tashkil qilish mumkin, degan fikr bildirdilar.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala