Siyosat

Poroshenko Zelenskiyga Putin bilan yakkama-yakka uchrashmaslikni maslahat berdi

© VALENTYN OGIRENKODebatы Petra Poroshenko i Vladimira Zelenskogo na stadione "Olimpiyskiy" v Kiyeve
Debatы Petra Poroshenko i Vladimira Zelenskogo na stadione Olimpiyskiy v Kiyeve - Sputnik Oʻzbekiston
Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko boʻlajak “normand toʻrtligi” sammitidan xavotirda. U amaldagi prezidentga qator maslahat berdi.

TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko boʻlajak “normand toʻrtligi” sammitidan xavotirda va amaldagi davlat rahbari Vladimir Zelenskiyga Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan yuzma-yuz uchrashmaslikni maslahat bermoqda, deb xabar qiladi RIA Novosti.

Prezident RF V. Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin va Zelenskiy ilk uchrashuv oldidan qoʻngʻiroqlashdi

“Eng muhim maslahat: Putinga ishonmaslik... Putin bilan yuzma-yuz uchrashmaslikni maslahat bergan boʻlardim”, - degan Poroshenko.

Qolaversa, u Zelenskiyga uchrashuv kun tartibiga Rossiyaning Ukraina uchun foyda keltirmadigan kelishuvlar toʻplamini shakllantirishiga imkon bermaslik uchun gaz masalasini kiritmaslikni maslahat bergan.

“Normand toʻrtligi” koʻrinishidagi Ukraina boʻyicha muzokaralar 2014 yil iyun oyidan buyon mavjud. Unda Rossiya, Germaniya, Ukraina va Frantsiya yetakchilari Donbassdagi mojaroni tartibga solish masalalarini muhokama qilishadi. Navbatdagi sammit 9 dekabr kuni Parijda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala