Siyosat

Sergey Lavrov Toshkentga keladi

Taʼkidlanishicha, Lavrov rasmiy tashrifi davomida MGIMO filiali va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyuradi va barchani qiziqtirgan mavzuda qisqa maʼruza oʻqiydi.

TOSHKENT, 9 dek - Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kelasi yil yanvar oyida rasmiy tashrif bilan Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MGIMO) Toshkentdagi filiali ochilishi marosimida maʼlum boʻldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Filial MGIMO v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda MGIMO filiali rasman ochildi

“Haqiqatdan ham, kun tartibimizdan ushbu tashrif oʻrin olgan. Bu kelasi yil yanvar oyining oʻrtasida boʻladi”,  - dedi Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov.

Vazir soʻzlariga koʻra, Lavrov rasmiy tashrifi davomida MGIMO filiali va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyuradi va barchani qiziqtirgan mavzuda qisqa maʼruza oʻqiydi.

Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkentda MGIMO filialining rasman ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala