Oʻzbekistonda xorijliklar uchun roʻyxatdan oʻtish tartibi bekor qilishini mumkin

Oʻzbekistonda 2020 yil 1 iyuldan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni viza (vizasiz) rejim muddatida roʻyxatdan oʻtish tartibini bekor qilish taklif qilinmoqda.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Oʻzbekistonga kirib kelayotgan xorijliklar uchun roʻyxatdan oʻtish tartibini bekor qilish taklif qilinmoqda.

“Turizm sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyilgan. Qonun loyihasi Davlat turizmni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Hujjatga koʻra, 2020 yil 1 iyuldan Oʻzbekiston hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni viza (vizasiz) rejim muddatida, lekin oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatga roʻyxatdan oʻtkazish tartibini bekor qilish rejalashtirilmoqda.

Ushbu qonun loyihasi 24 dekabrga qadar muhokama qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda boʻlish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala