TOShKENT, 11 dek - Sputnik. Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida migrantlarning jamoat transportini haydashiga taqiq qo‘yildi. Tegishli qarorga Chelyabinsk gubernatori imzo chekdi.
Hujjatga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan boshlab Chelyabinsk viloyatida patentlar asosida ishlovchi xorijlik haydovchilar transport sohasida faoliyat yurita olmaydi.
Xorijliklarga shahar va shahar atrofiiga qatnaydigan avtobuslarda yo‘lovchilarni muntazam tashish, avtobuslarda yo‘lovchilarni shaharlararo tashish taqiqlanadi.
Shuningdek, migrantlarga taksi haydash va ijaraga olingan avtomobilda yo‘lovchi tashish taqiqlanadi.
Ta’kidlanishicha, qaror Chelyabinsk viloyatida yo‘lovchi tashish xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yoqutiston, Xabarovsk va Primorye o‘lkalarida ham patentlar asosida ishlovchi xorijlik haydovchilarning transport sohasida faoliyat yuritishi taqiqlanishi xabar qilingan edi.