Toshkent markazidagi ayrim ko‘chalar salkam bir oyga yopiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAlleya vozle glavnoy yelki v Tashkente
Alleya vozle glavnoy yelki v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi yil bayrami tadbiri munosabati bilan Toshkentda ayrim ko‘chalar 13-dekabrdan boshlab salkam bir oyga yopiladi.

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Ertaga, 13-dekabrdan boshlab, Toshkentning ba’zi ko‘chalarida avtomobil qatnovi to‘xtatiladi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati. 

Hokimlik xabarida qayd etilishicha, avtomobil harakati cheklovi ayni damda olib borilayotgan Yangi yil ayyomiga tayyorgarlik va bayram tadbirlari bilan bog‘liq.

Shu munosabat bilan 13-dekabr kuni soat 08:00 dan boshlab 2020-yil 10-yanvar kuniga qadar Istiqlol ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi hamda Zarafshon ko‘chasining Mustaqillik shoh ko‘chasidan Istiqlol ko‘chasigacha bo‘lgan qismlarida harakat to‘xtatiladi.

“Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!”, - deyiladi xabarda.

© Xokimiyat Tashkenta Karta perekritiya ulis v sentre Tashkenta iz-za novogodnix meropriyatiy
Toshkent markazidagi ayrim ko‘chalar salkam bir oyga yopiladi - Sputnik O‘zbekiston
Karta perekritiya ulis v sentre Tashkenta iz-za novogodnix meropriyatiy
Yangiliklar lentasi
0