TOSHKENT, 12 dek – Sputnik. Kelgusi yildan Toshkent shahrida joylashgan kafe, restoran, muzey, kinoteatr va bogʻlar 24 soat ishlash tartibiga oʻtishi mumkin. Bu haqida Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan yangi qonun loyihasida aytib oʻtilgan.
Loyihada aytilishiga koʻra, Toshkent shahrini yosh turistlar tashrif buyuradigan Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahriga aylantirish reajalashtirilgan.
“Toshkent shahrini yosh turistlar tashrif buyuradigan Markaziy Osiyodagi asosiy shaharga aylantirish (muzey, teatr, kino, istrohat bogʻlari, restoran va kafelar hamda shu kabi boshqa koʻngilochar maskanlarni 24 soatlik ish tizimiga oʻtkazish, yangi koʻngilochar maskanlar va ommaviy tadbirlarni tashkil etish) maqsadida “Toshkent-yoshlar shahri” dasturini ishlab chiqish”, - taklifi bildirilgan.
Ushbu dastur 2020 yilning 2-choragiga qadar ishlab chiqarilishi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishi kerak.
Eslatib oʻtamiz, ushbu qonunda shuningdek, Oʻzbekistonda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida, barcha oʻquv muassasalarida 5 kunliy oʻqish tartibini joriy etish, yozgi taʼtillarni qisqartirib qishgi taʼtilni uzaytirish taklifi bildirilgan edi.