Jamiyat

Yaponiya bilan hamkorlikda Toshkentda texnopark tashkil qilinadi

© AOKAV Tashkente postroyat novыy texnopark v sotrudnichestve s Yaponskim gorodom Nagoya
V Tashkente postroyat novыy texnopark v sotrudnichestve s Yaponskim gorodom Nagoya - Sputnik Oʻzbekiston
Yaponiyaning Nagoya shahri bilan hamkorlikda Toshkentda yangi, yuqori texnologiyalar parki tashkil qilinadi.

TOSHKENT, 12 dek – Sputnik. Yaponiya bilan  hamkorlikda Toshkentda yangi yuqori texnologiyalar parki tashkil qilinadi. Bu haqida AOKA axborot xizmati maʼlum qildi.

Xabarda aytilishiga koʻra texnopark Yaponiyaning Nagoya shahri bilan hamkorlikda tashkil qilinadi. Ushbu haqida  12-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning Nagoya shahri meri Takasi Kavamurani qabul qilib, aynan shu xususda kelishib olingan.  

“Nagoya shahri Yaponiyaning eng yirik sanoat va ilmiy markazlaridan biri boʻlib, u bilan hamkorlik turli oʻzaro manfaatli dastur va loyihalarni amalga oshirishga yoʻl ochadi”,- deyiladi xabarda.

Shu maqsadda uchrashuvda avtomobilsozlik, shaharsozlik, toʻqimachilik, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, turizm va boshqa yoʻnalishlarda yaqin ishbilarmonlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari muhokama qilingan.

Shuningdek, poytaxtda Yuqori texnologiyalar parkini tashkil etish borasida soʻz yuritilib, istiqbolli dasturlarni amalga oshirish uchun "yoʻl xaritasi"ni ishlab chiqishga kelishib olingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala