TOSHKENT, 14 dek - Sputnik. AQSH kosmik qoʻmondonligi nafaqat mudofaa, balki hujumkorlik imkoniyatlari jihatdan ham rivojlanadi, deb bayonot qildi AQSH prezidenti Donald Tramp juma kuni jurnalistlar bilan muloqoti davomida.
"Kosmik kuchlar bizning himoyamizning juda muhim tarkibiy qismi boʻladi, va, toʻgʻrisini aytganda, hujumkorlik imkoniyatlarimizning ham muhim qismi boʻladi. Bu davlatimiz uchun juda muhimdir", - degan Tramp Paragvay prezidenti Mario Abdo Benites bilan Oq Uyda uchrashuvi arafasida.
Eslatib oʻtamiz, Tramp avgust oyida AQSH kosmik qoʻmondonligi ish boshlaganini va kosmosni harbiy harakatlarning keyingi sohasi, deya atagan edi.